🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning 1-oktabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 170 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 14,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 144 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
🔹Navoiy shahri – 645 ta
🔹Zarafshon shahri – 287 ta
🔹G‘ozg‘on shahri – 220 ta
🔹Karmana tumani – 477 ta
🔹Konimex tumani – 91 ta
🔹Qiziltepa tumani – 332 ta
🔹Navbahor tumani – 269 ta
🔹Nurota tumani – 251 ta
🔹Tomdi tumani– 95 ta
🔹Uchquduq tumani – 152 ta
🔹 Xatirchi tumani – 351 ta