24/10/2023

2023-yilning 19–21-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM)ning O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi tomonidan “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” bo‘yicha  ikkinchi milliy muvofiqlashtiruv mexanizmi yig‘ilishi tashkil qilindi.

1-img_34892-img_3505

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti, Markaziy bank, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

3-img_34934-img_3525

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abrayev Sherzod Xurrаmovich ishtirok etdi.

5-img_3486

Seminarda “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” doirasida davlatlar o‘rtasida migratsiya masalalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bu borada ayni paytda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

6-img_3501

Shuningdek, ishtirokchilar havfsiz va tartibli migratsiya tizimini joriy etish, mehnat migrantlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yuritish, yagona baza tashkil etish, migrantlarni kasb-hunarga o‘qitish hamda moliyaviy savodxonligini oshirish masalalarida fikr almashishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech