Joriy yilning 24-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda barcha xodimlar ishtirokida “O’zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi bo'yicha targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirga Navoiy viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Dildora Kattayeva taklif etildi.
Muloqot davomida Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi.