2023-yil 1-oktabr holatiga Navoiy viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 22 296 tani tashkil etdi (ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 19 965 ta). O‘tgan yilning mos davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 90,6 foizni (jumladan, kichik korxona va mikrofirmalar 89,5 foiz) tashkil etdi.