18/10/2023

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning 1-oktabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 296 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 860 tani tashkil qildi (ulushi 21,8 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 950 ta

🔸Zarafshon shahri – 720 ta

🔸Navoiy shahri – 683 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔹savdo sohasida – 2 271 ta

🔹sanoat sohasida – 811 ta

🔹yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 378 ta

🔹qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 355 ta

🔹qurilish sohasida – 243 ta

🔹boshqalar – 802 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech