17/10/2023

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a9133

2-7b5a9149

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bosh mutaxassislari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

3-7b5a9152

4-7b5a9159

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

5-7b5a9164

6-7b5a9170

Jumladan, Statistika sohasida ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlari, tasniflar, metodologiyalar, kuzatuv shakllarini va metama’lumotlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha namunaviy tartib ва uslubiy qo‘llanma asosida ish yuritish masalalari batafsil tushuncha berildi.

7-7b5a9173

Tugmani bosing Tinglash GSpeech