Navoiy viloyatida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy shahri, Qiziltepa tumani va Karmana tumanida kuzatildi. Mazkur hududlarda bajarilgan bino va inshootlarni qurish bo‘yicha ishlar hajmi mos ravishda 664,8 mlrd. so‘m, 689,2 mlrd. so‘m va 373,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.