09/10/2023

Joriy yilning 6-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlariga boshqarma bosh yuriskonsulti A.Murodov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  PQ-4551-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Huquqiy targʻibot tadbirida “Oʻzbekiston Respublikasining  Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi 2023-yil 13-sentabrdagi O‘RQ- 868-son  qonunning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Ushbu mavzu yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis atroflicha maʻlumotlarni berib oʻtdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech