2023-yilning 1-sentabr holatiga Konimex tumanida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tashqari) 1 005 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida tumanda 172 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasida – 328 ta
🔸sanoat sohasida – 90 ta
🔸qurilish sohasida - 33 ta
🔸savdo sohasida – 219 ta
🔸tashish va saqlashda sohasida – 6 ta
🔸yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 43 ta
🔸axborot va aloqa sohasida – 7 ta
🔸sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 5 ta
🔸boshqa sohalarda – 274 ta