Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–20-sentabr kunlari Birlashgan Аrab Аmirliklarining Dubay shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringini takomillashtirish va statistika idoralari o‘rtasida hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha seminar va sessiyalar tashkil etilgan edi.
2023-yilning 29-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Dubay shahrida tashkil etilgan mazkur seminar va sessiyalar yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Jahongir Qambarov tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirish bo‘yicha metodologiyani takomillashtirish, Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi bo‘yicha malaka oshirish, ushbu yo‘nalishda ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha samarali usullarini aniqlash to‘g‘risida olingan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.