29/09/2023

Joriy yilning 27-29 sentabr kunlari Statistika agentligi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdoning statistik kuzatuvlari bo’lim boshlig’i Sh. Muminov, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari J. Umarovlar hududlardagi dehqon bozori va savdo obyektlarida o’tkazilayotgan kuzatuvlar bilan yaqindan tanishdi.

Kuzatuv davomida 12-bozor (oylik) hamda 4 savdo (YATT) bo’yicha tanlanma kuzatuvlarga tushgan chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumini registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

photo2023-09-2817-28-42
photo2023-09-2817-25-45
photo2023-09-2817-28-42-2
photo2023-09-2817-25-42
photo2023-09-2817-25-27

Tugmani bosing Tinglash GSpeech