27/09/2023

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar o‘sish sur’ati 2019-yilning mos davriga nisbatan 114,8 foizni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki: - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 11,1 foiz ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 88,9 foiz ulushini tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech