26/09/2023

Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan "Aholini ro‘yxatga olish haftaligi - 2023: aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi" tashkil etilgan edi.1-7b5a8436

2023-yilning 26-sentabr kuni Statistika agentligida Jeneva shahrida tashkil etilgan mazkur seminar hamda ekspertlar yig‘lishi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

2-7b5a8445

Taqdimotda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

3-7b5a8453

4-7b5a8462

Tadbirda Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'limi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Eshniyazov tomonidan "Aholini ro‘yxatga olish haftaligi - 2023: aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi" da aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning muhimligi, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qilishda zamonaviy usullardan foydalanilganligi, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2030-yil raundi tavsiyanomasini ishlab chiqish bo‘yicha maqsadli guruhlarning ishlar olib borayotganligi hamda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2030-yil raundiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli rejalar tuzilganligi to‘g‘risida olingan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

5-7b5a8430

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

6-7b5a8431

Tugmani bosing Tinglash GSpeech