26/09/2023

Joriy yilning 26–28-sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati – Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.

1-photo_2023-09-26_12-43-36

Statistika idoralarining ushbu nufuzli yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining o‘rinbosari Ikromov Agzam Anvardjonovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etmoqda.

2-photo_2023-09-26_16-40-20

Yuqori saviyada tashkil etilgan seminarda so‘nggi islohotlar, innovatsiyalar va statistika tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari muhokama qilinmoqda. Ushbu tadbir zamonaviy rasmiy statistika sohasidagi ilg‘or tajriba almashish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.

3-photo_2023-09-26_12-43-35-2

Tadbir doirasida Statistika agentligi delegatsiyasining Yevrostat, BMT YIK va boshqa mamlakatlarning statistika idoralari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

4-uykrykr6yu

Statistika agentligi delegatsiyasining tadbirlardagi ishtiroki, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlarning statistika boshqarmalari vakillari bilan uchrashuvlar yakunlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

5-photo_2023-09-26_16-40-19

Tugmani bosing Tinglash GSpeech