2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida jami 4,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 19,4 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 53,0 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 27,6 % ni tashkil etdi.