Joriy yilning 25-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari J. Umarov Qiziltepa tumaniga borib, hududiy statistika boʻlimi mutaxassisi R. Nurmatov tomonidan dehqon bozorida oʻtkazilayotgan 12-bozor (oylik) hamda 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvlarida ishtirok etdi. Kuzatuv davomida chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumini registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.