22/09/2023

2023-yil 18–20-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlaridan iborat guruh Birlashgan Arab Amirliklarining Federal raqobatbardoshlik va statistika organiga xizmat safarini amalga oshirdi.

1-photo_2023-09-20_18-11-18-3

Mazkur xizmat safari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy va texnik yordamini jalb etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

2-photo_2023-09-20_18-11-21

Mazkur tadbirda Statistika agentligidan Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Mamadaliyev Odiljon Toirovich hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qambarov Jahongir Hoshimjanovich ishtirok etdi.

3-photo_2023-09-20_18-11-18

Xizmat safari davomida har ikkala davlatning statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlari natijalari, jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi tahlil qilindi va bu boradagi Birlashgan Arab Amirliklarining ilg‘or tajribasi o‘rganildi.

4-photo_2023-09-20_18-11-19-2

Tashrif davomida statistika tizimida qo‘llanilayotgan ilg‘or amaliyotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari, Barqaror rivojlantirish maqsadlari monitoringini yuritish tizimi, vazirlik va davlat tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya jarayoni hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

5-photo_2023-09-20_18-11-18-2

Xizmat safarining natijasi sifatida BAA Federal raqobatbardoshlik va statistika organi bilan Statistika agentligi o‘rtasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

6-photo_2023-09-20_18-11-15

Tugmani bosing Tinglash GSpeech