2023-yilning 1-sentabr holatiga Zarafshon shahrida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tashqari) 1 638 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida shaharda 204 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasida – 52 ta
🔸sanoat sohasida – 309 ta
🔸qurilish sohasida - 128 ta
🔸savdo sohasida – 501 ta
🔸tashish va saqlashda sohasida – 53 ta
🔸yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 200 ta
🔸axborot va aloqa sohasida – 21 ta
🔸sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 37 ta
🔸boshqa sohalarda – 337 ta