22/09/2023

2023-yilning 21-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Vena instituti direktori Ervi Joli va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori Norbert Funke bilan uchrashuv oʻtkazildi.

1-7b5a8303

Unda Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida agentlik markaziy apparati mutaxassislari hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi vakillari ishtirok etdi.

2-7b5a8290

3-7b5a8292

Uchrashuv davomida Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov hamda Birlashgan Vena instituti direktori Ervi Joli, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori Norbert Funke Birlashgan Vena instituti tajribasi va tomonlarning kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.    

4-7b5a8304

5-7b5a8308

Uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi. Kelgusida Birlashgan Vena instituti tajribasidan foydalanish, turli onlayn va oflayn seminarlar tashkil etish hamda samarali hamkorlik kilishga kelishib olindi.

6-7b5a8306

Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati hamda Birlashgan Vena instituti direktori Ervi Joli, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori Norbert Funke kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mutaxassislarini qayta tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida suhbatlashdi.

7-7b5a8316

Tugmani bosing Tinglash GSpeech