2023-yil 20-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo boshqarmasi hamda boshqarmaning hududiy statistika bo‘limlari va tuman (shahar)lar xodimlari oʻrtasida onlayn seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Statistika agentligi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdoning statistik kuzatuvlari bo`limi bo‘limi boshligʻi Sherzod Mo‘minov hududiy statistika idoralari xodimlariga ichki savdo statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish, savdo kuzatuvlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish boʻyicha tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Seminar davomida tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi sohasini rivojlantirish, kuzatuvlar o‘tkazish jarayonidagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilish boʻyicha ham fikr almashildi.