19/09/2023

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 22 183 ta korxona va tashkilotlarining 11 394 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamiyatlar mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) qo‘yidagicha bo‘ldi: savdo – 36,6 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 15,5 foiz, sanoat – 14,1 foiz va qurilish – 9,7 foizni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech