2023-yil 14–15-sentabr kunlari Chexiyaning Praga shahrida Yevropa Xalqaro hamkorlik tashkiloti (YeXHT) tomonidan “Barqaror rivojlanish va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishish orqali YeXHT hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash” mavzusida forum tashkil etildi.
Ushbu forumda YeXHTga a‘zo 51 davlat vakillari ishtirok etdi. Forumning asosiy mavzulari:
- barqaror va iqlimga chidamli rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha hamkorlikni oshirish;
- YeXHT hududida iqtisodiy barqarorlikni oshirish, boshqaruvni rivojlantirish va korrupsiyaning oldini olishda yangi texnologiyalarning roli;
- tabiiy yoki inson tomonidan yaratilgan ofatlardan kelib chiqadigan zararlarning oldini olish va kamaytirishda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish mezonlarini hal qilishning ahamiyati, hamkorlik va birgalikdagi harakatlarni rivojlantirish;
- barqaror rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligi, savdo va transport.
Ushbu forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ochiq ma‘lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultonov “O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlarni rivojlantirish” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.
O‘zbekistonning so‘nggi yillarda ochiq ma’lumotlar sohasida erishgan yutuqlari forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.