Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-sentabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 183 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 921 tani tashkil qildi (ulushi 22,2 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
🔸Xatirchi tumani – 969 ta
🔸Zarafshon shahri – 774 ta
🔸Navoiy shahri – 680 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
🔹savdo sohasida – 2 3283 ta
🔹sanoat sohasida – 819 ta
🔹yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 390 ta
🔹qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 360 ta
🔹qurilish sohasida – 250 ta