2023-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich boshchiligida agentlikning Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi hamda Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Tadbirda, shuningdek, UNODCning Venadagi shtab-kvartirasi Tadqiqot va tahlil bo‘limi boshlig‘i Anjela Meh, UNODCning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal, BMTning Narkotik moddalar va jinoyatchilikka oid transmilliy tahdidlarni tadqiq va tahlil qilish axborot markazi rahbari Salome Flores Sierra Franzoni ishtirok etdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish koʻrsatkichlarini takomillashtirish masalalarida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.