Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- sentabr holatiga Navoiy viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 8 187 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-avgust oylarida bu sohada 981 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
Navoiy shahrida – 178 ta
Zarafshon shahrida -62 ta
G‘ozg‘on shahrida -17 ta
Qiziltepa tumanida – 176ta
Karmana tumanida -160 ta
Tomdi tumanida-38 ta
Navbahor tumanida – 124ta
Xatirchi tumanida -98 ta
Uchquduq tumanida – 53 ta
Konimex tumanida – 38 ta
Nurota tumanida - 37 ta