Joriy yilning 13- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi qishloq xoʻjaligi va ekologiya boʻlim xodimlari va tuman (shahar) statistika boʻlim mas’ullari bilan birgalikda, Navoiy shahar, Zarafshon shahar, Qiziltepa va Navbahor tumanlarida 4 dx, 4 fx hamda 4 daftar hisoboti uchun mas’ul shaxslar ishtirokida mahallalarda oʻquv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida, mahalla fuqarolar yigʻini raislari va buxgalteriya markazi xodimlariga, joriy yilning III- chorak yakuni boʻyicha taqdim etiladigan qishloq xoʻjaligi boʻyicha statistik hisobotlarni oʻz vaqtida hamda sifatli taqdim etish yuzasidan har bir hisobot shakli alohida tushuntirildi.