13/09/2023

Joriy yilning 11–13-sentabr kunlari Indoneziyaning Jakarta  shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan "Rasmiy statistika uchun katta hajmli maʻlumotlar" loyihasi doirasida konferensiya tashkil etildi.

1-7b5a8078

Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich ham onlayn ravishda ishtirok etdi.

2-7b5a8091

Xalqaro konferensiyada tashkilotchilar “Rasmiy statistika uchun katta hajmli maʻlumotlar" loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohaza almashishdi.

3-7b5a8094

Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Zohidjon Ziyayev "Oʻzbekiston rasmiy statistikasida katta hajmli maʻlumotlar: bugungi kun va istiqboldagi vazifalar" mavzusida taqdimot qildi.

4-rgrwegwer

Konferensiya davomida xalqaro ekspertlar tomonidan yaqin kunlarda Jakarta shahrida ochiladigan Katta hajmli maʼlumotlar markazini ishga tushirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayoni xususida ham maʼlumotlar berildi.

5-7b5a8081

Tadbir yakunida ESKATO vakillari hamda xalqaro ekspertlar "Rasmiy statistika uchun katta hajmli maʻlumotlar" loyihasi doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech