Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari hamda Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida mehnat statistikasi bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mehnat statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va hisobga olish amaliyoti, xususan, mehnat statistikasi kuzatuvlarini metodologiyasi, ma’lumotlar manbalari, kuzatuv so‘rovni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar statistika idoralari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish sohasida kelgusida ham hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.