🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 183 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 147,3 foizni tashkil etdi va shu bilan birga 90,0 foizini (19 971 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
🔸Navoiy shahri – 4 866 ta
🔸Zarafshon shahri – 1 638 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 401 ta
🔸Karmana tumani – 3 224 ta
🔸Konimex tumani – 1 005 ta
🔸Qiziltepa tumani – 2 970 ta
🔸Navbahor tumani – 2 283 ta
🔸Nurota tumani – 1 543 ta
🔸Tomdi tumani– 657 ta
🔸Uchquduq tumani – 942 ta
🔸Xatirchi tumani – 2 654 ta