12/09/2023

2023- yilning 11- avgust kuni Navoiy konchilik kasb-hunar kolledjida Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-611- sonli Qonunining mazmun-mohiyati hamda amalga oshilayotgan ishlar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

Muloqot mobaynida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi mutaxassisi Z.Bozorov Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarida targʻibot ishlarini olib borish ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidlandi. Targʻibot ishlarini olib borishda aholini roʻyxatga olish boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini toʻliq tushunish katta ahamiyatga ega ekanligini aytib oʻtdi.

Muloqot davomida ishtirokchilarning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech