12/09/2023

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 353 tani tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida bu sohada 36 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

▫️Navoiy shahrida – 12 ta

▫️Zarafshon shahrida – 8 ta

▫️Xatirchi tumanida – 5 ta

▫️Qiziltepa tumanida – 4 ta

▫️Karmana tumanida – 3 ta

▫️Nurota tumanida – 2 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech