11/09/2023

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23–26- avgust  kunlari kunlari Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan seminar tashkil etilgan edi.

1-7j1a8921

Ushbu seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi va MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi.

3-7j1a8947

Ushbu tadbirda Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish boʻlimi boshligʻi R. Urazbayev, Xalqaro hamkorlik va aloqalar boʻlimi boshligʻi D. Xamdamov, Demografik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi R. Satvaldiyev, Axborot tizimlarini rivojlantirish va joriy etish boʻlimi boshligʻi Gʻ. Eshmurodov va Statistika hisobotlarni raqamlashtirish va vazifalarni dasturlashtirish boʻlimi boshligʻi D. Tojiboyev ham qatnashdi.

3-7j1a8978

Seminar davomida ishtirokchilar maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etishda zamonaviy elektron dastur mahsulotlarini qoʻllagan holda tezkor, haqqoniy, qulay va shaffof statistik maʼlumotlarni shakllantirish va statistika tizimiga joriy qilish bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

4-7j1a8955

Joriy yilning 8-sentabr kuni Statistika agentligida Moskva shahrida tashkil etilgan tadbir yakunlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

5-7j1a9015

Seminarda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi hamda  Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

6-7j1a8888

Tadbirda statistik maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etishda zamonaviy elektron dastur mahsulotlarini qoʻllagan holda tezkor, haqqoniy, qulay va shaffof statistik maʼlumotlarni shakllantirish yuzasidan orttirilgan tajriba, seminarlar davomida olingan bilim va ko'nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

6-7j1a8915

Tugmani bosing Tinglash GSpeech