08/09/2023

2023- yilning 8- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Murodov Nurota tumani va Gʻozgʻon shahriga borib, hududiy statistika boʻlim xodimlariga Davlat statistika hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy  jazo choralari qo'llanilishi to’g’risida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Muloqot mobaynida, statistika hisobotlarini kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz, toʻgʻri topshirilishini nazoratga olish zarurligi tushuntirildi.

Agarda mansabdor shaxslar tomonidan Davlat statistika hisobotini belgilangan muddatlarda kechiktirish, хато topshirish yoki hisobotni taqdim etmaslik kuzatilsa, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 215-moddasi 1-bandiga asosan maʼmuriy jazo choralari qo'llanilishi aytib o’tildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech