2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 25 521,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,8 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 71,6 % ni tashkil etdi.