29/08/2023

Viloyat statistika boshqarmasi maʻlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati boʻyicha koʻrsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 247,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2022- yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi boʻyicha oʻsish surʻati 123,9 % ga yetdi.

📈Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi (mlrd. soʻm).

➖Navoiy shahri – 65,1 mlrd.

➖Zarafshon shahri – 18,0 mlrd.

➖Gʻozgʻon shahri – 2,0 mlrd.

➖Qiziltepa tumani – 32,8 mlrd.

➖Karmana tumani – 31,3 mlrd.

➖Navbahor tumani – 24,3 mlrd.

➖Uchquduq tumani – 8,7 mlrd.

➖Nurota tumani – 17,3 mlrd.

➖Konimex tumani – 8,3 mlrd.

➖Tomdi tumani – 3,7 mlrd.

➖Xatirchi tumani – 35,9 mlrd.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech