17/08/2023

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra 2023- yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 299 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 001 tani tashkil qildi (ulushi 22,4 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 998 ta

🔸Zarafshon shahri – 808 ta

🔸Navoiy shahri – 686 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔸savdo sohasida – 2 322 ta

🔸sanoat sohasida – 832 ta

🔸yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 395 ta

🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 376 ta

🔸qurilish sohasida – 253 ta

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech