So'nggi yangiliklar

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan.

2020- yilda faoliyat yuritgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 2016- yilga nisbatan 1,2 baravarga oshgan. 

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda 206,7 mingta nikoh holatlari qayd etilgan. 

2021- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda axborot-resurs va axborot kutubxona markazlari soni 400 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari o’tkazildi.

1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bayrami munosabati bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasi jamoasi, boshqarma tizimida uzoq yillar ishlagan, tizim rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan nafaqadagi ustoz xodimlar holidan xabar olib, ularga esdalik sovg‘alar ulashishdi.

 2020-  yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum 283972,4 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-avgust holatiga, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 108 tani tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan, 2021- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, kuzatuvdagi aholining 60,7 foizi jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan.

2021- yilning 1-  yanvar holatiga respublikamizda jami 664 771 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 22- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari oʼrtasida sof doʼstlik va hamjihatlikni shakllantirish, sogʼlom turmush tarzini targʼib etish hamda oʼzaro bellashib jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyish etish maqsadida boshqarma sport targ‘ibotchisi boshchiligida barcha xodimlar ishtirokida Sportning voleybol turi boʼyicha musobaqalar oʼtkazildi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 595,4 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Bu jami sanoat mahsulotlari ulushida 5,5 % ga teng.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 47 318,4 mlrd. soʼmni tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) jami 2 985 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yil yanvar-avgust oylarida viloyatimizda jami (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 985 tani tashkil etgan.

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

Joriy yilning 15 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Gʻozgʻon shahridagi korxona va tashkilotlarda, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari ishtirokida seminarlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 14-  sentabr kuni   Xizmatlar sohasi statistikasi bo’lim boshlig’i  Sh. Xajiyeva ishtirokida brifing bo’lib o’tdi.