So'nggi yangiliklar

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yil 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 24 565 tani tashkil etdi.

 Joriy yilning 28-fevral–3-mart kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh ofisida Statistika komissiyasining 54-sessiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2022-yil yakunlariga koʻra, Navoiy viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 9 077,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning soʻnggi besh oyi davomida narxlarida 1,0 % dan yuqori oʻsish surʼati kuzatilib kelingan shokolad, kakao va boshqa mahsulotlar narxlari oʻzgarishlari 2023-yilning dastlabki oyida 0,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilda Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marta farzandli boʻlgan ayollar soni 280,6 ming kishini tashkil etgan. 

2022/2023-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 6- sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5812-farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 7- avgustdagi 466- sonli qaroriga asosan Navoiy shahar kasb-hunar maktabi o`quvchilari 2022-2023 o’quv yili rejasiga ko’ra, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishda viloyat statistika boshqarmasida o’quv amaliyotini o’tkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 229,8 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 117,3 % ni tashkil etdi. 

Navoiy viloyatida 2022- yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi             1 0448,5 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 85,4 % ini tashkil etdi.

2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 503 804 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan. 

2023- yilning yanvar oyida Navoiy viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi.

2023- yilning yanvar oyida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so‘m ishlar bajarilib,  jami yangi qurilish ishlaridagi ulushi  60,3 % ni tashkil etdi.

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida oʻz ifodasini topadi. Aholi soni boʻyicha aniq va yaxlit maʼlumotlar aholini roʻyxatga olish asosida olinadi.

Tadbirkorlik subyektlariga statistika hisobotlarini taqdim etishda yanada qulay muhit yaratish hamda ko‘p sonli respondentlarning takliflarini inobatga olgan holda, taqdim etish muddati 2023- yil 27- fevral sanasi etib belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddati 2023- yil 3- mart (juma)  (o‘z ichiga olgan holda) sanasiga uzaytirildi:

2023-yil 1-fevral holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib (soni 89170 ta), ular sonining so‘nggi yillardagi  dinamikasi quyidagicha:

2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etdi. 

2023- yilning yanvar oyida Navoiy shahrida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 65,7 mlrd. so‘mni, Qiziltepa tumanida 40,7 mlrd. so‘m va Zarafshon shahrida 24,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, viloyatning boshqa hududlariga nisbatan yuqori hajm qayd etildi.

2023-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 35 065 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 6,7 foizini  tashkil etdi va so’nggi yillarda ushbu  korxonalarning o‘sib borishi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi: