So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyatida 2024-yil yanvar oyi yakuni bo‘yicha 2 701,1 ming AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 3,2 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 69,9 % ga ko‘paydi. 

Respublikamizda 2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, jami 68 691 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yil yanvar oyida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 938,3 mlrd. soʻmga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda  o’sish sur’ati 110,5 % ni tashkil etdi.

2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, xizmat koʻrsatish sohasiga tegishli faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 276 492 taga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining avtotransport xizmatlari hajmi 48,6 trln. soʻmni tashkil qilgan.

2022/2023-oʻquv yili boshiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishida 477 432 nafar xotin-qizlar tahsil olgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, Navoiy viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 11 224,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 1,9 % ga oʻsdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1,5 ming tonna mis simlar ishlab chiqarilgan.

2024-yil yanvar oyida Navoiy viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 249,8 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 79,0 %ni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2024-yil yanvar oyi yakuni boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 701,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Navoiy shahar kasb hunar maktabi 1-bosqich talabalari 2023-2024 oʻquv yili rejasiga koʻra, auditoriyada olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayoni bilan uzviy bogʻliqlikda mustahkamlash maqsadida Navoiy viloyati statistika boshqarmasida oʻquv amaliyotini oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlari hajmi 6,6 trln. soʻmni tashkil qildi. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada 8 487,5 mln. dona tuxum olingan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,4 % ga oshgan.

2022/2023-oʻquv yili boshiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishida 1 009 271 nafar talaba tahsil olgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 25 dona avtobuslar  ishlab chiqarilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 218 tani, shundan qo‘shma korxonalar 96 ta va xorijiy korxonalar 122 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida 265 ta yangi xorijiy investitsiya ishtirokida korxonalar tashkil etilgan.