03/05/2023

Joriy yilning 3- may kuni Statistika agentligi Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarma boshlig'i Muzaffar Jomolov, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Jaxongir Umarovlar Qiziltepa tumaniga borib, hududiy statistika boʻlimi boshlig’i Zavqiddin Turdiyev bilan birgalikda, foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘g‘risidagi 4- TJ so‘rovnomada qatnashdi.

  • Kuzatuvdan maqsad – kuzatuv o‘tkazilgan uylarning qurilishida foydalanilgan moddiy va mehnat resurslarini aniqlashdan iborat.

  • Kuzatuv har bir tuman (shahar)da hisobot davrida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi turar-joylarning 10-15% hajmida o‘tkaziladi. Kuzatuv turli xil devorbop materiallardan: toshli (pishiq g‘isht, beton va temir beton, shlakoblok va boshqa tosh materiallar), xom g‘isht, penoblokli, blokli, monolitli va boshqa devorbop materiallardan (sinch, karkas, paxsa) qurilgan uy-joylarni o‘z ichiga oladi.

  • Kuzatuv sifatini yanada oshirish maqsadida, qurilishda foydalanilgan material resurslar miqdorini aniqlash uchun Davlat kadstrlari palatasining hududiy boshqarmalari mutaxasisslari bilan birgalikda o’tkaziladi.

    photo2023-05-0317-49-21
    photo2023-05-0317-39-07
    photo2023-05-0317-39-05

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech