Joriy yilning 3- may kuni viloyat statistika boshqarmasining majlislar zalida 2023- yil I chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning tarmoq hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boʻlim xodimlari qatnashdi.
Kun tartibiga binoan, boshqarma boshligʻi Tashnazarov Asqar Abdumuratovich yigʻilishni ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida statistika idoralari oldiga qoʻyilgan vazifalar va tizimda 2023- yil I choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.
Yigʻilishda kun tartibiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “2020–2025- yillarda Oʻzbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da Davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi boʻyicha maʻlumot berildi.
Shuningdek yigʻilish davomida boshqarma va hududiy statistika boʻlimi rahbarlaridan bugungi yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar, 2023- yil I- choragi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish boʻyicha aniq chora tadbirlar koʻrishlarini, Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar boʻyicha ijro holati, hisobotlar qamrovi ham kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha takidlab o’tildi.