O‘zbekiston Respublikasida 2023- yil yanvar-mart oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 28,4 % bo‘ldi. Shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bo‘lib, 14,6 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Namangan viloyati yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 46,1 % ni tashkil qildi.