🏢 Navoiy viloyati statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 473,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
✅ Bu koʻrsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8,4 % ga oshgan.
✅ 2023- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 338,1 ming. soʻmni tashkil etdi.
✅ Bu koʻrsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 6,2 % ga oshgan.