29/09/2022

Navoiy viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ularning ulushi 31,0 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy (21,5 %), transport (16,5 %), boshqa xizmatlar (10,2 %), shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha (6,3 %) qayd etildi.

 Sog‘liqni saqlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,5 % ga yetdi.

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning tarkibi:

 Savdo xizmatlari – 31,0 %;

 Moliyaviy xizmatlar – 21,5 %;

 Transport xizmatlari – 16,5 %;

 Boshqa xizmatlar – 12,0 %;

 Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 6,3 %;

 Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 5,2 %;

 Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 3,8 %;

 Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 2,8 %;

 Shaxsiy xizmatlar – 2,7 %;

 Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,0 %;

 Ijara xizmatlari – 1,6 %;

 Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,6 %;

 Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 1,5 %.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech