23/09/2022

Joriy yilning 23- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda ishchi xodimlariga favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlanishi va texnik moslamalardan qanday foydalanishi toʻgʻrisida  tushunchalar berish maqsadida seminar tashkil etildi.

Tadbir jarayonida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi normativ texnika bo‘linmasi boshlig‘i  A. Aktamov tomonidan ishtirokchilarga  Oʻzbekiston Respublikasining 2019- yil 09- sentabrdagi Vazirlar Mahkamasining 754-sonli “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori haqida tushuncha berib o’tdi.

Mazkur Qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha, Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassisi S. Begalov tomonidan tadbir ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibini tushuntirish maqsadida, boshqarma binosi tashqarisida ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalardan foydalangan holda amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tadbir yakunida boshqarma ishchi-xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech