2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni jami 19 453,3 ming kishini tashkil etgan.
Respublikamiz hududlari orasida eng koʻp mehnat resurslari Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelgan hamda respublikadagi mehnat resurslari tarkibidagi ulushi 11,1 foizni tashkil etgan.
Respublikamiz hududlarida mehnat resurslari soni:
Qoraqalpogʻiston R. – 1 073,2 ming kishi
Andijon – 1 775,1 ming kishi
Buxoro – 1 072,3 ming kishi
Jizzax – 788,9 ming kishi
Qashqadaryo – 1 815,8 ming kishi
Navoiy – 569,3 ming kishi
Namangan – 1 590,0 ming kishi
Samarqand – 2 155,7 ming kishi
Surxondaryo – 1 465,8 ming kishi
Sirdaryo – 486,0 ming kishi
Toshkent – 1 615,0 ming kishi
Fargʻona – 2 092,3 ming kishi
Xorazm – 1 047,6 ming kishi
Toshkent sh. – 1 906,3 ming kishi