2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 32 149,8 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 6,4 % ni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 11,0 %), sanoatda 106,5 % (72,3 %), qurilishda 108,1 % (3,7 %) va xizmatlarda 107,8 % (13,0 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 4,2 % ga o‘sdi va 30 943,0 ming so‘mni tashkil etdi.