O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,9 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga hududlar kesimida eng ko‘p Toshkent shahrida – 34,4 birlikni, Navoiy viloyatida – 20,7 birlikni va Sirdaryo viloyatida – 16,2 birlikni tashkil qildi.