2021- yilning 5- aprelidan boshlab Respublikamiz hududlari boʻyicha Multiindikator klaster, MICS kuzatuvlari o‘z ishini boshladi. Jumladan, Navoiy viloyatida ham viloyat statistitka boshqarmasi mas’ul xodimlari kuzatuvlarda faol qatnashishmoqdalar.
Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) xalqaro miqyosda o‘tkaziladi va mamlakatlar aholisining har tomonlama rivojlanish jarayonlarini o‘rganish hamda monitoring qilish uchun muhim statistik ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Bu dastur doirasida bolalar va ayollar salomatligi holatini, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning ta’lim olish darajasi, bolalarning jismoniy rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.
Ushbu tadbir davomida viloyatningning 56 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. MICS ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.
Multiindikator klaster kuzatuvlari 5 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.
Axborot xizmati