28/06/2021

Joriy yilning 28-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari boshqarma bosh yuriskonsulti А.Murodov  hamda demografiya va mehnat statistikasi boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari I.Аlimov Zarafshon shahri va Tomdi tumanida  faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda eStat 4.0 elektron tizimi orqali 4-Mehnat 4-BX statistik  hisobotlarini muddatidan kechiktirmay yuborish tartiblari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarsiz taqdim etish hamda “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” boʻyicha tushuntirishlar berildi.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech